Jahon | 09:59 / 11.08.2017
7822
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy hukumati tuyalarni saqlab qolish maqsadida 130dan ortiq konni yopdi

Xitoy hukumati mamlakat shimoli-g‘arbidagi foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha 130 dan ortiq loyihani tuyalar populyatsiyasini saqlab qolish maqsadida yopdi. Bu haqda China Daily xabar bermoqda.

«Biz qo‘riqlanuvchi hududlarda noqonuniy qidiruv va foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini to‘xtatamiz hamda qat'iy nazorat o‘rnatamiz, bu ekologiyani himoya qilish va barqaror iqtisodiy rivojlanishga ko‘mak beradi», - deya yer byurosining mineral resurslar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Mamatning so‘zlarini keltiradi gazeta.

Ta'kidlanishicha, 2020 yilga kelib ba'zi qo‘riqxona hududlarida qazib olinuvchi sanoat butunlay to‘xtatiladi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, qazilma ishlari olib boriluvchi tumanlarda baqtriya tuyalari yashaydi, ularning Shimoli-G‘arbiy Xitoy va Mo‘g‘ulistondagi umumiy soni 1 ming boshdan ham oshmaydi.

Avvalroq Fors ko‘rfazidagi nizo minglab tuyalarning nobud bo‘lishiga olib kelgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid