Jahon | 19:17 / 11.08.2017
14593
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalariga e'tiroz bildirdi

Turkiya Yevroittifoqning Qrim tufayli Rossiyaga nisbatan joriy qilgan sanksiyalariga qarshi chiqmoqda. Cheklovlar turk iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.  Turkiya TIV rahbari Mavlut Chovusho‘g‘li shunday bayonot bilan chiqdi, deb yozadi Hurriet Daily News.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Rossiya va YeIni muammolarni muloqot va siyosiy kelishuv yo‘li orqali hal qilishga chaqirdi. Uning ta'kidlashicha, Turkiya "siyosiy kelishuv va muloqot" tarafdori bo‘lgani bois Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmagan. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, cheklovlar Rossiyaning Turkiyaga gaz yetkazib berishiga yo‘naltirilgan "Turk oqimi" loyihasiga ta'sir o‘tkazadi. Amerika tomon rossiyalik harbiylar yoki razvedka agentliklari, shuningdek gaz quvuri qurilishida ishtirok etuvchi kompaniyalar bilan ishlovchi sub'yektlarga sanksiyalar kiritgan. 

Chovusho‘g‘li AQShning Rossiyaga nisbatan sanksiyalariga qarshi fikr bildirmagan. Biroq u Rossiya va AQSh "o‘zaro sankitsyalarni oshirishga urinayotganliklari"ni ta'kidlagan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, YeI AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari ittifoqdosh mamlakatlarga ta'sir ko‘rsatayotgani bois Shtatlarga qarshi "choralarni ko‘rib chiqmoqda". 

Mavzuga oid