O‘zbekiston | 14:41 / 12.08.2017
9636
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon turistik brendini yaratish ustida ish olib borilmoqda

Andijonda Xalqaro press klubning sayyor anjumanida viloyatning Marhamat tumanida Mingtepa qadimiy shahri topilganiga e'tibor qaratildi. Jumladan, rossiyalik arxeolog olimlarning ushbu qadimiy qo‘nalg‘a haqida e'tiroflari o‘qib berildi, bu shahar Farg‘ona vodiysidagi eng qadimiy qal'a-shahar bo‘lgani aytib o‘tildi.

Ma'lum qilinishicha, xitoylik olimlar bilan hamkorlikda olib borilgan qazilma ishlarida tarixi 2000 yildan ziyod bo‘lgan ushbu qadimiy shahar qoldiqlari topilgani e'lon qilingan.

XPK moderatori nega bunday qadimiy osori-atiqalar bo‘yicha reklama, shuni ortidan turizmni rivojlantirish haqida savol o‘rtaga tashladi.

Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov bu sohada Andijon biroz chetda qolganini tan olib, viloyatda turistik marshrutlar ishlab chiqilayotganini qayd etdi. Bu sohada qilinadigan ishlar juda ko‘pligini ta'kidlab o‘tdi.

Moderator Sh.Qudratxo‘jayev Andijonda turizmni rivojlantirish uchun Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsidan ko‘proq foydalanish kerakligi haqida fikr bildirdi. Turistik turlar davomida Andijon pazandachiligidan ham kengroq foydalanish kerakligi taklif etildi.

Anjumanda so‘z olgan Ziyodulla Samatov zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, Andijon turistik bredini ishlab chiqish, virtual tur loyihalarini ishlab chiqish haqida gapirdi.

Mavzuga oid