O‘zbekiston | 09:51 / 12.08.2017
46375
2 daqiqa o‘qiladi

Yuridik xizmatga ishga kirmoqchimisiz? 700 ta o‘rin bor!

Foto: Flickr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2733-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi yagona, hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar bazasi yaratildi, deb xabar beradi Kun.uzga Adliya vazirligi axborot xizmati.

Hozirda ushbu bazaga 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiritilgan.

Batafsil tanishish uchun Adliya vazirligi (minjust.uz) saytiga kirish tavsiya etiladi.

Ishga kirish uchun saytda ko‘rsatilgan vakant ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan tegishli davlat organlari va tashkilotlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki Adliya vazirligi yoxud xududiy adliya boshqarmalariga murojaat etishingiz mumkin.

Bu masalada adliya organlariga murojaat etilganda vakant ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan tegishli davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilish to‘g‘risida tavsiya kiritiladi.