Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistondagi shifoxonada 60 bola hayotdan ko‘z yumdi
Hindiston shimolidagi shifoxonada kamida 60 nafar bola hayotdan ko‘z yumdi. "Korrespondent"ning xabar berishicha, sun'iy nafas berish uskunalaridagi havo zahiralari hisoblar to‘lanmagani bois to‘ldirilmagan. Uttar-Pradesh shtati hukumatining iqror bo‘lishicha, apparatlarga havo yetkazib berish uzib qo‘yilgan, biroq o‘lim sabablari faqat bu emasligini ta'kidlangan.
Qurbonlarning aksariyati yangi tug‘ilgan va ensefalit bilan kasallangan bolalar bo‘lgan. O‘lim holatlarining barchasi besh kun ichida Gorakxpur tumanidagi Baba Ragxav shifoxonasida qayd etilgan. Ularning o‘ttiztasi payshanba va juma kunlarida ro‘y bergan. Mahalliy OAVga ko‘ra, shifoxonada vahima ko‘tarilgan, bolalarning qarindoshlari tibbiyot xodimlariga sun'iy nafas tizimini qo‘lda boshqarishga yordamlashishgan.
Munitsipalitet vakili Anil Kumarning so‘zlariga ko‘ra, yetkazib beruvchida to‘lov bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan, biroq o‘lim holatlari tabiiy sabablarga ko‘ra kelib chiqqan ham bo‘lishi mumkin, zero bemorlarning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda bo‘lgan.
Shtat sog‘liqni saqlash vaziri Sirxartx Natx Singx ham ommaviy o‘lim holatlari kislorod yetishmovchiligidan kelib chiqqanini inkor qilgan. So‘nggi uch yilda shifoxonada kuniga 19-22 o‘lim holati kuzatilmoqda, dedi u. U gap aynan bolalar haqida ketayaptimi yoki yo‘q, aniqlik kiritmadi.
Shifoxona bayonotida esa "kislorod bosimi pasaygani" qayd etilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025