Jamiyat | 23:34 / 14.08.2017
12590
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyalik keksa juftlik bir vaqtda evtanaziya qilindi

Foto: CEN / Familie Elderhorst

Niderlandiyaning Didan shahrida istiqomat qilgan er-xotin bir vaqtning o‘zida evtanaziya orqali hayotni tark etdi. The Daily Telegraph shu haqida xabar berdi. 

91 yoshli Nik va Tris Elderxorstlar yaqinlari qurshovida hayotdan ko‘z yumishgan. Qizlaridan birining aytishicha, ular o‘lim oldidan qo‘llarini ushlab olishgan. 

Juftlik 65 yil birga yashagan. So‘nggi yillarda ularning salomatligi sezilarli darajada yomonlashgan. Nik insultdan keyin bazo‘r harakatlanayotgan bo‘lgan. Tris ham zo‘rg‘a yurish bilan birga xotirasini yo‘qotishdan aziyat chekardi. U erining o‘limidan keyin qariyalar uyiga tushishdan qo‘rqardi. Ular hayotdan birga ko‘z yumishni istashgan. 

Ta'kidlash joizki, niderlandlar evtanaziyani 2002 yilda qonuniylashtirishgan. 2016 yilda mamlakatning 6091 nafar aholisiga nisbatan evtanaziya amalga oshirilgan. 

Mavzuga oid