Jamiyat | 12:00 / 14.08.2017
20722
2 daqiqa o‘qiladi

Saraton kasali rivojlanish ehtimoliga ta'sir ko‘rsatuvchi 7 omil

Britaniya tibbiyot nashriyotlaridan birining xodimlari inson organizmida xavfli onkologik kasallikni keltirib chiqaruvchi yetti asosiy omilni sanab o‘tishdi.

Birinchi, ikkinchi va uchinchi omil sifatida tamaki chekish, alkogol ichimliklar iste'mol qilish va tarkibida zararli moddalar bo‘lgan mahsulotlarni iste'mol qilish sanab o‘tilgan.

Ro‘yxatda muhimligi bo‘yicha ulardan kam bo‘lmagan va ta'sir etuvchi omillar sifatida yana quyidagilar tilga olingan: quyosh nurlari ostida uzoq vaqt toblanish, solyariylarga qatnash va maxsus tarmoqlarda tez tayyor bo‘luvchi yemaklarni iste'mol qilish.

Bu omillardan voz kechish saraton simptomlari hosil bo‘lishini minimum darajaga keltiradi. Olimlar oshqozon, ichak, jigar va boshqa organlarning kasallanishi bilan og‘riyotgan insonlarda paydo bo‘luvchi infeksion omilni eng muhim va xavfli omil, deb hisoblashmoqda. 

Zararli omillarni bartaraf etish — inson organizmida onkologik simptomatikaning paydo bo‘lish xavfini keskin pasaytiradi.

Mavzuga oid