Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ko‘chada sport bilan shug‘ullanish uchun ajoyib imkoniyat yaratildi
Pekindagi ko‘chalarda fitnes uchun kechayu kunduzlik kabinkalar paydo bo‘ldi, deb yozmoqda Daily Mail.
Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, kabinalar kishilarga sport bilan ko‘proq shug‘ullanishda yordam beradi, sababi Xitoyda havoning ifloslanishi ko‘plab kishilarni ochiq havoda mashg‘ulotlar o‘tkazishdan to‘xtatmoqda. Yugurish yo‘lagi o‘rnatilgan kabina kishilarga soatiga 12 yuan (2 dollar) evaziga shug‘ullanish imkoniyatini beradi.
Nashrning yozishicha, har bir kabinada, yugurish yo‘lagidan tashqari, havoni tozalovchi uskuna, oyna, televizor va konditsioner o‘rnatilgan. Foydalanuvchilar mashg‘ulot davomida elektron pochtani ko‘zdan kechirishlari, musiqa tinglashlari yoki film tomosha qilishlari mumkin.
Avvalroq xitoyliklar ter va ko‘z yoshida ishlovchi qayishqoq batareyka yaratishgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025