Jahon | 17:38 / 15.08.2017
7777
2 daqiqa o‘qiladi

Mashhur rejissyor Amerika OAVni «Rossiyaga qarshi bezgakda» aybladi

Mashhur rejissyor Oliver Stoun Amerika OAVni «Rossiyaga qarshi bezgakda» aybladi, deb xabar bermoqda Variety.

Ijodkor Sarayevo kinofestivaliga Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi o‘z hujjatli filmini taqdim etish uchun kelgan.

Stoun Amerikaning asosiy matbuotini, jumladan The Washington Post, The New York Times va The Wall Street Journal gazetalarini Rossiya hamda Putinning avvaldan ma'lum bir o‘rnashib olgan obrazidan nariga o‘ta olmayotganliklarida ayblagan.

Rejissyorning taxminicha, The Washington Post va The New York Times AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi bilan bog‘liq. «MRB manfaatlari – bu Amerikaning manfaatlari emas va hech qachon bunday bo‘lmagan. MRB avval boshdan axloqiy jihatdan korrupsiyalashgan bo‘lgan», - dedi Stoun.

Bundan tashqari, rejissyor Putin AQSh prezidenti Donald Trampni qanday qabul qilishi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan. Stounning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisi «AQSh siyosatini prezident o‘rnatmasligini» yaxshi tushunadi.

«U biladiki, cheklovlar bor. U juda ham irratsional bo‘lgan kishi bilan ishlashi lozimligini biladi», - deya qo‘shimcha qilgan Stoun.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid