BMT bosh kotibi Koreya inqirozini hal qilishda yordamini taklif qildi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Koreya yarimorolidagi inqirozni hal qilishda Pxenyan bilan muzokaralarda vositachi bo‘lishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Guterrishning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreyaga nisbatan “bahslashishni kamaytirish va diplomatiyani kuchaytirish” vaqti kelganini ta'kidlab o‘tdi. U vositachi bo‘lishga tayyorligi haqida Rossiya, Yaponiya, AQSh, Xitoy va Janubiy Koreyani xabardor qilganini ma'lum qilgan.
“Men doim yordamga tayyorman, men bu haqda kecha olti tomonlama muzokaralar vakillarini ham xabardor qildim. Bu inqirozning yechimi siyosiy bo‘lishi kerak. Harbiy harakatlarning ehtimoliy oqibatlari haqida o‘ylashning o‘zi dahshat”, deb aytgan Guterrish.
Mavzuga oid

10:16 / 08.04.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreyada ilk kompyuter o‘yinlari klubini ochib berdi

11:06 / 27.03.2025
Seul: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 3000 askar yubordi

14:08 / 07.02.2025
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush tufayli o‘z raketalari aniqligini oshirdi

14:55 / 25.01.2025