Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keksa nemis Islandiyaga eski traktorda sayohatga jo‘nadi
Germaniyaning keksa yoshli vakili Xaynts Priyen o‘zining eski traktorida Islandiya bo‘ylab sayohatga jo‘nagan. Ayni vaqtda u 2,5 ming km yo‘l bosib o‘tgan. U bosib o‘tishi kerak bo‘lgan butun yo‘l uzunligi esa 6 ming km ga yaqinni tashkil qiladi.
Priyen 61 yoshda, uning 60 ot kuchiga ega dvigatelli “Xanomag” nemis traktori ham undan yoshroq emas. Mashina 1963 yilda ishlab chiqarilgan va Priyenning qo‘liga 6 yilcha avval tushgan hamda hali biror marta egasini uyaltirib qo‘ymagan.
Xaynts traktorda Germaniya janubidagi Muggensturm kommunasidan jo‘nagan va Islandiyani o‘rab turuvchi mashhur “Aylana yo‘l” bo‘ylab harakatlanmoqda. Ta'kidlanishicha, uning traktori maksimal tezligi soatiga 24 km ni tashkil qiladi. Biroq bu holatdan Xaynts hech ham ranjimayapti. Uning aytishicha, u o‘z uyida ham poyga o‘ynashi mumkin, bu yerda esa u tabiatdan bahra olmoqda.
Bir oy avval Priyenga rafiqasi ham hamrohlik qilgan edi, biroq keyinroq uyiga qaytgan. Shundan beri erkak yakka o‘zi sayohat qilmoqda.
Mavzuga oid
00:13 / 02.04.2025
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
16:23 / 07.02.2025
O‘zbekistonning Islandiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
23:30 / 06.12.2024
Islandiyada 2029 yilgacha kit oviga ruxsat berildi
15:11 / 02.12.2024