Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya AQShga berajak zarbalarini bir qator siyosiy plakatlarda tasvirladi
Shimoliy Koreya AQShga raketa zarbalari berish tahdidini bir qator siyosiy plkatlarda tasvirladi. Bu plakatlar mahalliy OAV tomondan 18 avgustda chop etildi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligi xabar bermoqda.
Pxenyanga qarshi BMT xavfsizlik kengashi tomondan qabul qilingan yangi sanksiyalarga javoban chiqarilgan ushbu seriyada hammasi bo‘lib 6 ta tashviqot plakati chop etilgan.

Jumladan, “Koreyaning javobi!” deb atalgan bir plakatda Shimoliy Koreya bayrog‘i ostidan chiqib turgan ko‘plab raketalar AQShdagi Kapitoliy vayronalariga qarab yo‘naltirilgan. “AQShning barcha hududi bizning zarba berishimiz doirasida!” deb atalgan yana bir plakatda qizil rangdagi raketalar AQShga qarab yo‘naltirilgan.

Koreya markaziy telegraf agentligining ta'kidlashicha, bu plakatlar “Koreya xalq armiyasi va xalqining tajovuzning bosh bazalarini zarba bilan yer yuzidan yo‘q qilib tashlash va agar Shimoliy Koreyaga zarba berishga aqlsiz urinishlar sezilsa, AQSh bilan qarama-qarshilikda batamom g‘alaba qozonishdagi qat'iyligini“ ifodalaydi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025