Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundesliga. «Bavariya» mavsumni g‘alaba bilan boshladi
Germaniya chempionatining 1-turi dastlabki uchrashuvi Myunxenda bo‘lib o‘tdi va unda «Bavariya» Leverkuzenning «Bayyer» klubini qabul qildi.
Uchrashuvning dastlabki qismidanoq hujumlarga zo‘r bergan mezbonlar avvaliga 9-daqiqada Zyulening zarbasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqaga kelib yana bir debyutant futbolchi Korentin Tolisso farqni ikkita yetkazdi. Ikkinchi bo‘limda Levandovski hisobni yirik ko‘rinishga keltirgan bo‘lsa, Admir Mehmedi jamoasini yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan gol muallifi bo‘ldi.
Germaniya bundesligasi, 1- tur
Bavariya – Bayyer 3:1 (2:0)
Gollar: Zyule (9), Tolisso (18), Levandovski (52, penalti) – Mehmedi (65).
Bavariya: Ulrayx, Hummels (Rafinya, 62), Zyule, Alaba, Tolisso, Kimmix, Vidal, Rudi, Riberi (Koman, 77), Myuller (Robben, 61), Levandovski.
Bayyer: Leno, Ta, Vendell, Henrixs, Belarabiy, Bender (Dragovich, 46), Arangis (Kampl, 61),Kor, Beyli (Brandt, 46), Mehmedi, Folland.
Ogohlantirishlar: Kor (8), Arangis (52), Vidal (63).
Mavzuga oid
18:18 / 09.05.2025
Alonso «Bayer»dan ketishini e’lon qildi. U «Real»ga keladi
07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
12:21 / 09.04.2025
«Inter» «Bavariya»ni qarshi hujumlarda jazoladi
03:05 / 06.03.2025