Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rafael Nadal AQShdagi turnirdan chiqib ketdi
Avstraliyalik 23 yoshli tennischi Nik Kirgios Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazilayotgan Tsintsinnati ochiq turnirida dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi Rafael Nadal ustidan g‘alaba qozondi. Turnir chorak finalida Kirgios o‘zidan 21 pog‘ona yuqoridagi ispaniyalik raqibini 6:2, 7:5 hisoblari bilan mag‘lub etgan.
Bu tennischilar so‘nggi marta Madrid Mutua Open turnirida to‘qnashgan, unda ispaniyalik sport ustasi g‘alaba qozongandi.
«Ikkinchi set davomida raqibim xatolarga yo‘l qo‘ydi, ammo men ulardan foydalana olmadim. O‘yin murakkab va qiyin kechdi, albatta Nik kuchli sportchi ekanini isbotlay oldi», deya o‘yindan keyin intervyu bergan Rafael.
Shunga qaramay, kelgusi hafta ATP tomonidan e'lon qilinadigan tennis raketka ustalarining ro‘yxatida yetakchilikni yana Rafael Nadal qo‘lga olishi mumkin.
Mavzuga oid
21:11 / 05.06.2022
Rafael Nadal - «Rolan Garros»ning 14 karra g‘olibi bo‘ldi
19:10 / 28.01.2022
Australian Open'da finalchilar aniqlandi. Medvedev endi Nadalning «bayramini buzish»ga urinadi
07:49 / 09.09.2019
Rafael Nadal 4-marta US Open g‘olibi bo‘ldi
00:53 / 09.09.2019