Jahon | 12:40 / 19.08.2017
6579
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuela sobiq bosh prokurori mamlakatdan chiqib ketdi

Venesuelada katta munozaraga sabab bo‘lgan yangilangan oliy organ mamlakat Bosh prokurori Luisa Ortegani ​ishdan bo‘shatgach, u​ juma kuni oqshomda Kolumbiyaga uchib ketdi. Uning aytishicha, mart oyi so‘nggi kunlarida mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga qarshi chiqish va o‘tgan vaqt mobaynida haqiqat uchun kurashish samarasiz yakunlandi.

Ortega yangidan tuzilgan hukumat a'zolari uning joniga xavf yetkazishidan qo‘rqqani uchun Bogota shahrida vaqtincha yashab turishini bildirdi. Oliy maqomda ilk yig‘ilishini 5 avgust kuni o‘tkazgan Assambleya birinchi masaladayoq Luisa Ortegani lavozimdan bo‘shatishga qaror qildi. Lekin 59 yoshli Bosh prokurorning iste'fosini mahalliy yuridik organ vakillari tan olmagan.

Uning vazifasini sobiq Inson huquqlari bo‘yicha vakil Torik Saab bajarmoqda.

«Luisa va uning deputat turmush o‘rtog‘i Bagama orollaridagi banklarda millionlab mablag‘larni jamg‘ardi. Ular mamlakatda poraxo‘rlikni rivojlantirdi, jinoiy to‘dalar bilan til biriktirib ish ko‘rdi», degan u.

Ayni paytda Kolumbiya hukumati Maduro yuritayotgan siyosatni qattiq tanqid ostiga olgan Lotin Amerikasining yagona davlati hisoblanadi.

Mavzuga oid