Jahon | 08:06 / 21.08.2017
5832
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Amerikalik olimlar Marsda hayotni izlashni boshlaydilar

NASA koinot agentligi 2020 yilda yangi texnologiyalar qo‘llab Marsda hayot izlash bo‘yicha dasturni ishga tushiradi.

Mars Daily nashrining ma'lum qilishicha, mutaxassislar Qizil sayyoraning tuprog‘ini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqadilar. Ular bu maqsadda Marsning uchta turli hududidan tuproq namunalarini olishadi. 

NASA, shuningdek, Marsda odamlarni joylashtirmoqchi va ularning yashashi uchun joy qidirmoqda. Mutaxassislar fikricha, bunda optimal variant odamlarni shamollardan himoyalovchi Gusev krateri hisoblanadi.

Mavzuga oid