Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘rta korxonalar paydo bo‘lishi mumkin
2018 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda tadbirkorlik sub'yektining yana bir shakli – o‘rta korxonalar paydo bo‘lishi mumkin. Ularda besh yuz kishigacha ishchi faoliyat ko‘rsatishi taklif etilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni loyihasida keltirilgan, deb xabar berdi O‘zA.
Loyihada o‘rta korxonalar agarda 10 foizlik stavkada yagona soliq to‘lovi hamda 20 foizlik stavkada yagona ijtimoiy to‘lovni amalga oshirsa, soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimidan foydalanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Farmon loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tayyorlangan.
www.regulation.gov.uz manzilidagi mazkur hujjat loyihasi bilan to‘liq tanishish hamda joriy yilning 31 avgustiga qadar foydalanuvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
14:06 / 03.05.2025