Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Guam oroliga uyushtiriladigan taxminiy hujum videosini taqdim etdi
Shimoliy Koreya AQShning Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga javobi aks etgan videosini taqdim etdi. YonhapNews shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Videoda Shimoliy Koreyaning «Xvasong-12» raketasi Guam oroliga zarba berayotgani aks etgan. Titrlarda amerikaliklar endi raketalar qachon ishga tushishini kutib, kunu tun uxlamasdan, "ko‘zlarini keng ochib, quloqlarini ding qilib" yashashlari kerakligi ifodalangan.
Rolikda Amerikaning yetakchi siyosatchilarini ko‘rish mumkin - prezident Donald Tramp qabristonga qarab turibdi, vitse-prezident Mayk Pens gulxan qa'rida tasvirlangan, mudofaa vaziri Jyeyms Mettis "ikki karra o‘ylab ko‘rish"ga chaqiruvchi yozuvlar fonida ko‘rsatilgan.
Mazkur video KXDRning 17,5 ming AQSh harbiysi va 50 ming Janubiy Koreya askari ishtirok etayotgan "Ulchi - ozodlik himoyachisi" qo‘shma mashg‘ulotlariga javob reaksiyasi bo‘ldi. Koreyaning Markaziy telegraf agentligi AQShning "Pxenyan hech qanday qaror qabul qilmaydi" deb o‘ylashi noto‘g‘ri ekanini ta'kidladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025