Fan-texnika | 19:28 / 22.08.2017
11710
1 daqiqa o‘qiladi

Lamborghini mashinasi o‘g‘irlangan kuniyoq yonib ketdi

Foto: motor.ru

AQSh politsiyasi Lamborghini superkarini o‘g‘irlagan ikki jinoyatchini qo‘lga oldi. CBS telekanalining xabar berishicha, avtomobil o‘g‘irlangandan ko‘p o‘tmay buzilib, yonib ketgan. 

Lamborghini’ni ikki yigit Dallasdagi avtoturargohdan o‘g‘irlashgan. O‘sha kuni ertalab politsiya o‘g‘irlik haqida xabar olgan va mashinani qidirishga tushgan. Avtomobil politsiya vertolyoti yordamida Interstate 45 deb nomlangan avtomagistralda tezda topilgan.

Politsiyachilar mashinalarida o‘g‘irlangan superkarga yetib olishganda, u harakatsiz turgan bo‘lgan. Havodan olib borilgan kuzatuvning ko‘rsatishicha, avtomobil qandaydir lahzada biror bir arzigulik sababsiz yo‘l o‘rtasida to‘xtab, yonib ketgan.

Jinoyatchilar 18 va 19 yoshli yigitlar bo‘lib chiqqan. Ular Lamborghini’ning qaysi modelini o‘g‘irlashgani ma'lum qilinmagan.

Mavzuga oid