Jahon | 20:57 / 22.08.2017
5586
2 daqiqa o‘qiladi

Senegal Qatardagi elchisini qaytardi

Senegal Qatardagi elchisini qaytardi, deya ma'lum qildi Qatar TIV matbuot kotibi Ahmad bin Said Ar-Ramixiy o‘zining Twitter sahifasida. 

QNA agentligining xabar berishicha, Qatar amiri Shayx Taim bin Hamad At-Taniy va Senegal prezidenti Maki Sall o‘rtasidagi telefon muloqotidan keyin shunga qaror qilingan.

Manbaga ko‘ra, tomonlar shuningdek ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga kelishib olishgan. 

Senegal elchisi Ko‘rfazdagi mojaro boshlangandan keyin maslahatlashuv uchun chaqirilgan. 

5 iyun kuni Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Yaman, Liviya, Maldiv va Mavrikiy respublikalari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzish haqida e'lon qilishgandi. Bu qadam amirlikning terrorizm va ekstremistik g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashi bilan izohlangan. 

Keyinroq bu mamlakatlar qatoriga Mavritaniya va Komor orollari ham qo‘shilgan, Iordaniya va Jibuti esa diplomatik vakolatxonalar darajasini pasaytirishgan.

Arab mamlakatlari Dohaga 13 punktdan iborat talablar tushirilgan ro‘yxatni yo‘llashdi va ularning 10 kun ichida bajarilishi kerakligi, aks holda sanksiyalar o‘z kuchida qolishini ta'kidlashdi. 

Qatar tomon bu talablarni bajarib bo‘lmasligini aytdi.

Mavzuga oid