Barcha davrlarning eng yaxshi komediyasi ma'lum qilindi
Billi Uaylderning «Jazda faqat qizlar» filmi tanqidchilar tomonidan bir ovozdan barcha davrlarning eng yaxshi komediyasi deb e'lon qilindi. BBC shu haqida xabar berdi. 100 kinolentadan iborat to‘liq ro‘yxat portal saytida taqdim etildi.
1959 yilda suratga olingan kartinada bosh rollarni Merilin Monro, Toni Kertis va Jyek Lemmon ijro etishgan. Film gangsterlardan yashirinib, o‘zini qiz boladek ko‘rsatgan musiqachi yigitlar haqida.
Ikkinchi o‘rinda Stenli Kubrikning «Doktor Streynjlav, yoki Qanday qilib men hayajonlanmaslikni o‘rgandim va atom bombasini yaxshi ko‘rib qoldim» filmi. Uchinchi pog‘onani Vudi Allenning «Enni Xoll» komediyasi egalladi.
Shuningdek ilk o‘ntalikka «Sug‘ur kuni», «O‘rdak sho‘rva», «Brayanning Monti Paytoncha hayoti», «Aeroplan», «O‘yin-kulgu vaqti», «Bu Spinal Tap» va «General» filmlari ham kiritildi.
Reytingni tuzishda nashr 52 mamlakatning 253 nafar kinotanqidchisi orasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
Mavzuga oid

21:20
TIME dunyoning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi

09:00 / 07.04.2025
2025 yil uchun eng ishonchli avtomobillar e’lon qilindi: ular orasida Tahoe ham bor

18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi

21:58 / 25.03.2025