Xitoy janubiga kuchli to‘fon yopirildi
Xitoy janubidagi Guandun viloyatiga chorshanba kuni Hato ("Tyange") kuchli to‘foni yopirildi, deb xabar bermoqda Xitoy markaziy televideniyesi.
Chjuxay shahrining sohilbo‘yi tumanlariga to‘fon mahalliy vaqt bilan soat 12.50da yaqinlashgan. To‘fon markazida shamol tezligi soniyasiga 45 metrni tashkil etgan, bu esa 14 ballga teng.
Telekanal tomonidan e'lon qilingan kadrlardan ko‘rish mumkinki, shahar ko‘chalari suv bilan to‘lib ketgan.
Avvalroq, Hongkongda to‘fon sababli eng yuqori darajadagi xavflilik darajasi e'lon qilingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

12:35
Parkinson kasalligini erta tashxislash usuli ishlab chiqildi

11:29
O‘zbekistonda Pekin texnologiya instituti filiali ochilishi mumkin

22:42 / 03.05.2025
AQShda jismoniy shaxslar buyurtma qilgan xorijiy tovarlar uchun bojsiz rejim bekor qilindi

18:01 / 03.05.2025