Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Majburiy ijro byurosi xodimlariga xizmat mashinalari topshirildi
Joriy yilning 16 avgust kuni Bosh prokuratura xuzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasining tuman bo‘limlari boshliqlariga xizmat avtomobillari va tumanlarda xizmat qilayotgan davlat inspektorlariga moped ulovlari topshirildi.
Ushbu tadbirda Majburiy ijro byurosining direktori B.Qudratxodjayev, Toshkent shahar prokurori Sh.Obloqulov hamda Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda B.Qudratxodjayev Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasining tuman bo‘limlari boshliqlariga byuroning logotipi tushirilgan Neksiya rusumli xizmat avtomobillarining va davlat inspektorlariga moped ulovlarining kalitlarini tantanali ravishda topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 29 maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi. Ushbu tuzilma elektr energiyasi hamda tabiiy gaz yetkazib berish va iste'mol qilish sohasida shartnoma majburiyatlariga so‘zsiz rioya etish, shuningdek, sud hamda boshqa organlar hujjatlari ijrosini amalga oshirishda ta'sirchan mexanizm bo‘lib xizmat qiladi.
Manba: «Huquq» gazetasining 34-soni, 24.08.2017 yil
Mavzuga oid
08:38 / 02.05.2025
Toshkentda tumanida ikkita mashina yonib ketdi
09:38 / 16.04.2025
Piskentda avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi
08:18 / 31.03.2025
Uysiz erkak jinlarni haydayman deb, mashinani pachoq qildi
15:20 / 14.03.2025