Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» o‘z futbolchisini «Barselona»ga sotadi
«PSJ» Anxel di Mariyani «Barselona»ga sotishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Sport nashri xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, ushbu transfer qiymati 50 mln yevroni tashkil qiladi. Katalonlar klubi argentinalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo‘lgan.
«Barselona» Neymar o‘rnini avvaliga «Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutino va Dortmundning «Borussiya» hujumchisi Usmon Dembeleni sotib olish bilan to‘ldirmoqchi bo‘lgandi. Ammo bu transferlar bo‘yicha murakkabliklar kelib chiqdi. Di Mariya avvaldan argentinalik vatandoshi Lionel Messi bilan birga to‘p surish istagini bildirib keladi.
Ayni vaqtda 29 yoshda bo‘lgan Di Mariya 2010 yildan 2014 yilgacha «Barselona»ning ashaddiy raqibi bo‘lmish «Real» safida to‘p surgandi.
Di Mariya o‘tgan mavsumda «PSJ» safida 43 o‘yinda maydonga tushgan va 14 gol urib, 15 golga uzatma bergan.
Bundan avvalroq Le Parisien nashri Parij klubi Kataloniya klubining Di Mariya bo‘yicha taklifini rad qilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025