Fan-texnika | 15:41 / 25.08.2017
6511
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda milliy kontent ko‘payadi

Foto: Flickr

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2017 yildagi 625-son qarori bilan  2017 — 2019 yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda. 
 
U quyidagilarni nazarda tutadi:

•  milliy kontent va veb-resurslarni rivojlantirishni rag‘batlantirish va ommalashtirish, ularni tashkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish;
•  Internetning milliy segmentini g‘oyaviy-mazmunan to‘ldirish, foydalanuvchilarning, eng avvalo yoshlarning zamonaviy talablariga javob beradigan ommabop axborot resurslari, media-mahsulotlari, badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlarni yaratish va rivojlantirish, shuningdek internet-jurnalistikani rivojlantirish;
•  mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda milliy kontentni rivojlantirish va xorijiy axborot resurslarida uning ulushini oshirish, O‘zbekiston messenjerlari va ijtimoiy tarmoqlari faoliyatini takomillashtirish, ularning jozibadorligini oshirish hisobiga auditoriyasini kengaytirish;
• ta'lim kontentini yanada takomillashtirish, «ZiyoNET» ta'lim axborot tarmog‘i imkoniyatlarini kengaytirish, ta'lim muassasalari o‘quv dasturlari bilan integratsiyalangan zamonaviy veb-resurslarni yaratish;
•  Internetda yaratiladigan milliy axborot resurslarini yanada targ‘ib qilish va ommalashtirish;
•  Internetning global va milliy segmenti rivojlanish tendensiyalarini doimiy o‘rganib borish, milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish, davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
 
Kompleks dasturni sifatli amalga oshirish uchun vazirliklar va idoralar, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari shaxsan mas'ul etib belgilandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid