Light | 15:46 / 25.08.2017
34851
1 daqiqa o‘qiladi

Konditsioner kasalliklarni qo‘zg‘amasligi uchun qanday qoidalarga rioya qilish kerak?

Foto: Kun.uz

Yozgi issiq haroratda aksariyat konditsionerlardan foydalanadi. Shunday oddiy qoidalar borki, ularga amal qilsangiz, kasal bo‘lmaysiz. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida xabar berdi

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, konditsionerda eng past harorat o‘rnatilsa, insonning surunkali kasalliklari qo‘zg‘ab, immuniteti pasayib ketadi. 

Ko‘chadagi harorat bilan xonadagi harorat o‘rtasidagi farq  yetti darajadan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Sovuq "oqim o‘rtasida" o‘tirish kerak emas. 

Inson uchun mukammal harorat - 22-25 daraja. 

Shuni yodda tutish kerakki, xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turish zarur. 

Konditsionerni tozalab turishni ham unutmaslik kerak, bu ishni imkon qadar uch oyda bir marta amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 

Mavzuga oid