Jahon | 08:50 / 25.08.2017
15295
1 daqiqa o‘qiladi

O‘t ichida: Tall-Afar ikkinchi Mo‘sulga aylanishi mumkin

Foto: rt.com

Iroq hukumati qo‘shinlari mamlakatning Mo‘sul shahridan 50 km g‘arbda joylashgan Tall Afar shahridagi IShID jangarilarini qurshab olganini e'lon qildi. U yerda shiddatli janglar davom etmoqda, Tall-Afarda 2 mingga yaqin jangari mavjud. Bundan tashqari 10 ming atrofida tinch aholi vakillari ham bor, deb xabar qilmoqda RT. 

Aholi vakillari janglardan qochishga majbur bo‘lishmoqda. Biroq shahardan bosh olib chiqib ketish ham kishiga yengillik taqdim etayotgani yo‘q. Qochoqlar uchun lagerlarda ichimlik suvi va oziq-ovqat yetishmaydi. 

Bundan tashqari, qochqinlarga jiddiy shubha bilan qarashadi. Chunki, blok-postlardagi askarlar ularga tinch fuqaro yaqinlashayaptimi yoki IShID jangarisi, yoxud xudkush terrorchi kelayaptimi, aniq bilmaydi. 

Mavzuga oid