Abdulaziz Komilov Sergey Lebedev bilan uchrashdi
2017 yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro tadbirlar – «Markaziy Osiyo uyg‘onish davrining dunyo tamadduni tarixidagi o‘rni» nomli konferensiyada hamda «Sharq taronalari» musiqa festivalida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi Raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida MDH kun tartibining dolzarb masalalari, Hamdo‘stlikka a'zo mamlakatlarning Davlat rahbarlari kengashi (Sochi shahri), Hukumat rahbarlari kengashi (Toshkent shahri) va Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishlariga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va MDH hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.
Mavzuga oid
14:04 / 08.11.2024
MDH davlatlari 2030 yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqadi
16:41 / 03.11.2024
O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
20:38 / 30.10.2024