Jahon | 21:24 / 26.08.2017
9098
1 daqiqa o‘qiladi

Kubandagi avtohalokat sabablari ma'lum bo‘ldi

Foto:RIA Novosti / MChS RF

Kubanda avtobus ishtirokida yuz bergan halokatga avtobusning tormozidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Bu haqda Rostransnadzor saytida xabar qilingan.

25 avgust kuni “Tamanneftegaz” kompaniyasi va pudratchi tashkilot ishchilarini olib ketayotgan avtobus yo‘ldan og‘ishib, pirsdan dengizga qulagan. Qutqaruvchilar ma'lumotlariga ko‘ra, avtobusda 50 ga yaqin odam bo‘lgan. Oqibatda 18 kishi halok bo‘lgan. Oxirgi qurbonning jasadi 26 avgust kuni ertalab suvdan chiqarilgan. Fojia joyida qutqaruv-qidiruv ishlari yakunlangan. 

Krasnodar o‘lkasida fojia munosabati bilan 26 avgust motam kuni deb e'lon qilingan. Halok bo‘lganlar oilalariga bir million rubldan kompensatsiya to‘lab beriladigan bo‘ldi.

Mavzuga oid