Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahrida yangi “Mangulik” ko‘chasi ochildi
Mustaqillik bayrami arafasida Andijon shahrining Boburshoh va Ergash Ashurov ko‘chalarini bog‘lovchi “Mangulik” ko‘chasi ochildi.
Keng va ravon ko‘chaning ochilish marosimi ommaviy saylga aylanib ketdi. “Mangulik” ko‘chasining kengligi 32, uzunligi 700 metrdan ziyod bo‘lib, yo‘l chetlariga maysalar va gullar o‘tqazilgan. Oqshomda aholi va haydovchilarga qulaylik tug‘dirishi uchun tejamkor va uzoqni yorituvchi chiroqlar o‘rnatilgan. Ko‘chaning “Mangulik” deb nomlanishi boisi, unda tarixiy shaxslarning monumentlari o‘rnatiladi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Mustaqillik shodiyonasi bilan qutlab, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining ko‘lami yanada kengayishi va bu xalqimizning nurli kelajagini ta'minlashini aytib o‘tdi. Bayram arafasi viloyatda 126 ta katta-kichik obektlar foydalanishga topshiriladi.















Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025