Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada bosh vazir iste'fosini kutishmoqda
Tereza Mey 2019 yilning 30 avgustiga qadar Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda Mirror nashri parlamentdagi manbalariga asoslangan holda xabar tarqatdi.
«Ko‘rinib turibdiki, u keyingi saylovlarda bizning yetakchimiz bo‘lmaydi (keyingi saylovlar 2019 yilning sentabrida bo‘lib o‘tadi - tahr)», deya ma'lumot bergan o‘z nomini sir tutishni istagan konservatorlardan biri.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, partiyaning yangi rahbarini saylash uchun 2019 yil yozida saylovlar o‘tkaziladi. Tereza Meyning o‘rinbosari nomi 30 avgust kuni aytiladi, 3 sentabr kuni esa u parlamentariylarga tanishtiriladi.
Ayni vaqtda Tereza Mey shahar tashqarisidagi qarorgohida partiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Manbaning aytishicha, shu uchrashuvda u o‘zini qo‘llab-quvvatlaydigan deputatlarni aniqlab, o‘zining partiya ichidagi raqiblariga qarshi kurash rejasini tuzadi.
Mavzuga oid
16:23 / 03.11.2024
Britaniyada birinchi marta qoratanli ayol konservatorlar partiyasiga rahbar bo‘ldi
19:50 / 24.07.2019
Tereza Mey iste'foga chiqdi
09:30 / 11.06.2019
Tereza Mey: davlat rahbarlari zamonaviy qullikka «yo‘q» deya olishi kerak
14:30 / 08.06.2019