Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston harbiy orkestri Qizil Maydonda chiqish qiladi
Har yili avgust oyining so‘nggi o‘n kunligida Moskvadagi Qizil maydonda o‘tkazib kelinayotgan "Spasskaya minorasi” festivalida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshida tashkil etilgan ko‘rgazmali va namunaviy orkestr jamoasi ham ishtirok etadi.
Davlat rahbarlarining faxriy qorovul qismlarining paradi bilan 26 avgustda boshlangan festival tomoshalari 3 sentabrgacha davom etishi rejalashtirilgan.
Mudofaa vazirligi Harbiy orkestr xizmati boshlig‘i, polkovnik Pavel Makarov boshchiligidagi o‘zbekistonlik harbiy orkestr jamoasi O‘zbekiston Respublikasi nomidan tadbirda ishtirok etmoqda. Bundan avval, ijodiy jamoa XIII Berlin hamda VII Kyoln xalqaro harbiy orkestr jamoalarining festivalida ham muvaffaqiyatli ishtirok etgandi.
Qizil maydon markazida qad rostlagan ochiq osmon ostidagi sahnada chiqish qilayotgan harbiy san'atkorlar konsertidan bahramand bo‘lish uchun har kech 3 sentabrgacha soat 20:00dan tashrif buyurish mumkin.
Kreml matbuot xizmati O‘zbekiston harbiy orkestri suratlaridan namunalar taqdim etgan.

Foto: Kreml matbuot xizmati

Foto: Kreml matbuot xizmati

Foto: Kreml matbuot xizmati

Foto: Kreml matbuot xizmati