Jahon | 22:57 / 27.08.2017
8824
1 daqiqa o‘qiladi

JARda teatrda tomoshabinlar o‘qqa tutildi

Foto : Vladimir Stogniyenko

Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahridagi teatrda bir erkak sahnadan tomoshabinlarni o‘qqa tutgan. Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, 7 kishi yarador bo‘lgan.

Voqea 27 avgust ertalab Hillbrow Theatre teatrida musiqiy guruh konserti o‘tayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

“Gumonlanuvchi sahnaga sakrab chiqib, mikrofonni qo‘liga olib, unga telefoni qaytarilmaguncha konsert davom etmasligini aytgan. Tomoshabinlar vaziyatga aralashishga harakat qilishganda, u tartibsiz o‘q uza boshlagan va 8 kishiga tekkan”, deb ma'lum qilgan politsiya vakili, polkovnik Lungelo Dlamini. 

So‘ngra jinoyatchi voqea joyidan qochib ketgan. Ayni vaqtda u qidirilmoqda.

Mavzuga oid