Sport | 21:14 / 28.08.2017
10386
2 daqiqa o‘qiladi

Figurali uchish bo‘yicha Olimpiya chempioni Yuliya Lipnitskaya karerasini tugatdi

Foto: TASS

Rossiyalik sportchi va Sochi-2014 Olimpiya musobaqalarining jamoa tarkibidagi chempioni Yuliya Lipnitskaya o‘z karerasini tugallashi haqida e'lon qildi. Bu haqida TASS xabar berdi. 

19 yoshli sportchi 2017 yilning aprelidayoq sportdagi karerasini tugallash borasida qaror qabul qilgandi, ammo o‘shanda qiz uch oylik anoreksiyani davolash kurslarini o‘tayotgandi. Lipnitskayaning onasi aytishicha, sportchi Olimpiya stipendiyasiga kun kechiradi va Figurali uchish federatsiyasidan maosh olmaydi. 

Federatsiya prezidenti Aleksandr Gorshkov esa, Lipnitskaya Rossiyaning figurali uchish bo‘yicha terma jamoasida zaxira tarkibida ekanini ma'lum qilgan. Figurali uchish bo‘yicha murabbiy Tatyana Tarasova ham bu so‘zlarni tasdiqlagan. 

"Men mish-mishlarga qarab ish qila olmayman, mening vaziyatim dalillarga asoslanishni taqozo qiladi. Bu borada Yuliyaning o‘zi bayonot berishini kutish kerak", - degan Rossiyaning Figurali uchish federatsiyasi prezidenti Aleksandr Gorshkov. 

Yuliya Lipnitskaya Sochidagi Olimpiadadan tashqari, 2013 yilgi Gran-pri finalida - kumush, 2014 yilgi Yevropa chempionatida - oltin va jahon chempionatining kumush medallarini qo‘lga kiritgan. 2016 yilda sportchi tos-son bo‘g‘imlaridan jarohat olgan va shu tufayli Rossiya chempionatini o‘tkazib yuborgan, natijada mavsumni muddatidan avval tugallashiga to‘g‘ri kelgan. Lipnitskayaning murabbiyi qizning qachon sportga qaytishi mumkinligini bilmasligini aytgan. 

Ko‘p figurali uchish bilan shug‘ullanuvchi qizlar sog‘lig‘idagi muammolar sabab karerasini erta tugallashiga to‘g‘ri kelgan. 

Mavzuga oid