O‘zbekiston | 19:00 / 28.08.2017
46257
2 daqiqa o‘qiladi

Ismoil Jo‘rabekov orden bilan mukofotlandi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Ismoil Hakimovich Jo‘rabekov «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Qayd etilishicha, orden “mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardagi faol ishtiroki, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta'minlash borasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, jamiyatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni qaror toptirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi katta xizmatlari uchun” berilgan.

Ma'lumot uchun, Ismoil Jo‘rabekov O‘zbekiston hukumatida uzoq yillar davomida yuqori lavozimlarda ishlagan. Xususan, Jo‘rabekov bosh vazir o‘rinbosarining birinchi o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi vaziri (1994-1998 yillar), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (agrar masalalar bo‘yicha, 2000-2004 yillar) bo‘lib mehnat qilgan.

Mirziyoyev ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi

Mavzuga oid