Yuriy Stoyanov: Urush vaqtida oilamni o‘zbeklar qutqarib qolgan
Rossiyalik teatr va kino artisti Yuriy Stoyanov “O‘zbekiston24” telekanaliga intervyu berdi. Unda aktyor Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘zbeklar oilasi uning yaqinlari va juda ko‘plab ruslarga tirik qolishga yordam bergani haqida aytib o‘tdi.
- Nemislar Stalingradga yaqin kelishganida, mening onam yetti yoshda, uning ukasi esa besh yoshlar atrofida bo‘lgan. Ularning tarbiyasi bilan buvilari shug‘ullangan, sababi ularning onasi zavod bilan birgalikda avvalroq evakuatsiya qilingan. Nemislar juda yaqin kelganida, ularni eshelon bilan Toshkentga evakuatsiya qilishadi. Yo‘lda poyezdga samolyotlar hujum qilib, dahshatli bombardimon uyushtiriladi. Hamda ularning bari kichik stansiya yaqinida yo‘qolib qolgan. Ularning barchasi Toshkentga alohida-alohida yuboriladi. U yerga yetti yoshli qizcha, besh yoshli bola va ularning buvisi alohida borgan. Toshkentda bolalar haqida ma'lumot va ularning fotosuratlari osilgan devorlar hamda panjaralar bor edi. Shu devorlar yonida har kuni kishilar yig‘ilgan. Bu bir-birini topish uchun yagona imkoniyat bo‘lgan. Shu tariqa, qog‘ozlar va panjaralardagi e'lonlar yordamida oila birlashgan.
Ular evakuatsiya qilingan ko‘pchilik kabi o‘zbeklar oilasida yashagan. O‘zbeklar uyidagi yagona karavot, yagona yostiqjild va yostiqni berishgan. O‘zlarining zaxirasida bo‘lgan eng tansiq narsalarni ulashishgan. Ular rus oilalarga ochlikdan aziyat chekishiga yo‘l qo‘yishmagan. Oila nafaqat tirik qolgan, balki yashab qoldi. Ular urushning yakuniga qadar Toshkentda yashab qolishadi. Juda oddiy voqea, uning ma'nosi esa shunday: men o‘shandan beri o‘zbek nonlari va palovni juda yaxshi ko‘raman, mening onam palovni juda yaxshi pishiradi.
Shuningdek, Stoyanovning intervyuda ma'lum qilishicha, o‘zbekistonlik rejissyor Rustam Sa'diyevning “Merosxo‘r” nomli yangi filmida suratga tushmoqda ekan.
Mavzuga oid
16:21 / 06.10.2024
Urushda nemislar tomonida turib jang qilgan sotqin guruhlar
16:28 / 23.08.2024
Molotov-Ribbentrop paktiga 85 yil: sovetlar nega hitlerchilar bilan hamkorlik qilgandi?
15:52 / 09.06.2024
Ikkinchi jahon urushidagi eng yirik sotqinlik – general Vlasov nega o‘z armiyasi bilan nemislar tomonga o‘tib ketgandi?
09:07 / 27.02.2024