O‘zbekiston | 13:26 / 29.08.2017
24273
2 daqiqa o‘qiladi

KUN.UZ sayti ijodkorlari yangi videoloyihaga qo‘l urishdi

Foto: KUN.UZ

Endi hafta davomida O‘zbekistonda va jahon bo‘ylab yuz bergan eng muhim yangiliklar va ahamiyatli voqealar tahlili jiddiy va quvnoq talqinda tahririyat telestudiyasida suratga olinib, muxlislar e'tiboriga havola qilib boriladi. Hali bunaqasi bo‘lmagan!

Ko‘rsatuvni KUN.UZ telejurnalisti Xurshid Daliyev va qiziqchi, Comedy.UZ rezidenti va  prodyuser Abror Baxtiyorovich olib borishadi. 

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Jumladan, quyidagi mavzular kengroq ochib berishga harakat qilingan:

- 50 ming so‘mlik yangi kupyura. Qo‘shnilarimizning eng yirik puli dollarga qancha bo‘ladi?
- Televideniyedagi qo‘nimsizlik. Televidiyeniyeda jonli efirning to‘xtatilishi senzuradan darakmi?
- Bog‘chalarni boshqaruvchi yangi vazirlik tuziladi. Xalq ta'limi vazirligi o‘qituvchilarning majburiy mehnatga oid savollariga ham javob berdi.
- Samarqandda hokimlarning yoppa almashtirilishi. Nima sabab bo‘ldi?
- Gulnora Karimovaning Rossiyadagi mulklarini xatlash so‘rab murojaat qilindi.
- Made in Uzbekistan brendi Tojikiston bozorlarini egallamoqda.

Albatta, haftaning eng qaynoq futbol yangiliklari ham nazarimizdan chetda qolmagan. Ularni ham Azamat Murodov va Abror Baxtiyorovich talqinida tomosha qilasiz.

Foto: KUN.UZ

Shuningdek, ko‘rsatuv davomida «Hafta yangiligi», «Hafta qarori», «Hafta iqtibosi», «Hafta qahramon», «Hafta antiqahramoni» aniqlangan

Ushbu ko‘rsatuv har hafta yakunida saytning Youtube videoportalidagi kanaliga joylashtirib boriladi. Yangi ko‘rsatuv sizlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.

Uning dastlabkisini qabul qilib oling, marhamat:

Mavzuga oid