Kim Chen In Tinch okeanida ko‘proq raketa sinovlari o‘tkazishni buyurdi
Shimoliy Koreya kelgusida Tinch okeanidagi shartli nishonlarga qaratilgan raketa sinovlarini ko‘proq miqdorda o‘tkazadi. Bunday ko‘rsatmani Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In “Xvanson-12” raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganiga bag‘ishlangan 30 avgustdagi nutqida berdi.
“Real sharoitlarga yaqin bo‘lgan ushbu ballistik raketa sinovi armiyamizning Tinch okeanidagi ilk harbiy-taktik qadami bo‘ldi”, deb aytgan Kim Chen In.
Ma'lum qilinishicha, Kim Chen In raketa uchirilishini poligonda turib kuzatgan. U AQShga keyingi mo‘ljal Guam oroli bo‘lishi mumkinligi bilan tahdid qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya 29 avgust soat 6larda o‘rta-uzoq masofalarga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Raketa 2270 km uchib o‘tib, Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi Erimo posyolkasidan 1180 km uzoqroqda Tinch okeaniga tushgan. Raketa 550 km balandlikda uchta qismga ajralib ketgan.
Mavzuga oid
23:13 / 27.09.2024
Shimoliy koreyalik hakerlar Germaniyadagi qurolsozlik kompaniyasiga hujum uyushtirdi
11:20 / 19.09.2024
Shimoliy Koreya yana raketa sinovlarini o‘tkazdi
09:48 / 12.09.2024
Shimoliy Koreya yana ballistik raketalar uchirdi
14:33 / 10.09.2024