Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: AQShdagi "Harvi" to‘foni qurbonlari soni 30 kishiga yetdi
Amerikaning Texas shtatiga yopirilgan "Harvi" tropik to‘foni qurbonlari soni 30 kishiga yetdi. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.
Nashr mahalliy hukumat vakillaridan olingan xabarga asoslanmoqda. AQShning boshqa nashrlari bu borada turli fikrlarni bildirmoqda. Biroq ularning aksariyati 10 dan ortiq kishi halok bo‘lgani haqida yozmoqda. Hukumat esa rasman tabiiy ofat qurbonlarining aniq sonini aytishga qiynalmoqda.
Ma'lumki, "Harvi" so‘nggi 12 yildagi eng kuchli to‘fon hisoblanmoqda.
BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish shu munosabat bilan AQSh hukumati va "Harvi"dan halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
"Bosh kotib "Harvi"ning Texas shtatiga yetkazgan talofatlarini jiddiy tashvish bilan kuzatmoqda. U insonlar halok bo‘lganidan afsusda hamda AQSh hukumati va xalqiga o‘z hamdardligini bildiradi. Bosh kotib jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tilaydi", - deya BMT bosh kotibi so‘zlarini keltiradi uning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025