Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rigada O‘zbekiston va Latviya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda
Rigada 28-30 avgust kunlari Latviya-O‘zbekiston iqtisodiyot, sanoat va ilmiy-texnik hamkorligi hukumatlararo komissiyasining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston va Latviya ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-anjuman bo‘lib o‘tdi.
Biznes-anjuman davomida O‘zbekiston korxonalari Latviyaga barra va qayta ishlangan meva-sabzavot, elektrotexnika, to‘qimachilik mahsulotlari, yuqori unumdor ma'danli o‘g‘itlar va kimyo mahsulotlarining zamonaviy turlari, yengil va yuk mashinalari hamda boshqa ko‘plab mahsulotlarni barqaror ravishda yetkazib berishni ta'minlashlari mumkinligi qayd qilib o‘tilgan.
Shuningdek, Latviyaning De Fonte Group kompaniyasi va O‘zbekiston tashqi savdo vazirligi huzuridagi “O‘ztreyd” AJ tashqi savdo kompaniyasining qo‘shma savdo uyini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Mavzuga oid
11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025