Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng boy odami endi Bill Geyts emas
Zara brendi asoschisi Amansio Ortega dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatiga boshchilik qilmoqda. U ushbu reytingda Microsoft asoschisi Bill Geytsdan o‘zib ketdi.
Forbes nashrining yozishicha, Zara, Massimo Dutti va boshqa ko‘plab brendlarni o‘z ichiga oluvchi Inditex xoldingi asoschisi Ortega hisobida ayni vaqtda Geytsnikidan 200 mln dollar ko‘proq mablag‘ – 85 mlrd dollar bor.
Ortega 2016 yil sentabri va 2015 yil oktabrida ham Geytsni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgandi.
Ortega milliarder maqomiga erishish yo‘lini Camiseria Gala do‘konida savdolar bo‘yicha yordamchi lavozimidan boshlagan. Keyinchalik u do‘konda sotuvchi va boshqaruvchi lavozimlarida ishlagan. U 1975 yilda Ispaniyaning La-Korunyasida Zara brendi ostidagi birinchi do‘konini ochgan. Hozirda esa uning xoldingiga dunyoning 88 ta davlatida 6750 ta do‘kon tegishli.
Mavzuga oid
22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi
23:19 / 01.03.2025