Jahon | 08:38 / 01.09.2017
6513
1 daqiqa o‘qiladi
“Harvi” sikloni Missisipi va Tennessi shtatlari tomon harakatlanmoqda
Kuchsizlashgan “Harvi” sikloni AQShning Missisipi va Tennessi shtatlari tomon harakatlanmoqda. Shu sababli bu shtatlarda kuchli yomg‘irlar va toshqinlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda AQShning dovullardan ogohlantirish milliy markazi ma'lum qilgan.
Hozir siklon Missisipi shahridagi Grinvud shahridan 45 km uzoqlikda kuzatilmoqda.
“Harvi” dovuli Texas shtatiga rekord darajadagi toshqinlar olib keldi. Ma'lum qilinishicha, uning oqibatlari tufayli 40 kishi halok bo‘lgan, 13 mingdan ziyodroq odam qutqarib qolingan. Tabiiy ofat 100 mingga yaqin uyga ta'sir qilgan.
Mavzuga oid
12:50 / 27.03.2023
Video: Missisipidagi halokatli tornado shaharni yer bilan bitta qildi
08:08 / 26.03.2023
AQSh bo‘ylab halokatli tornado: o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, shahar vayronaga aylandi
22:32 / 27.06.2020
Missisipi shtati irqchilikka qarshi namoyishlar sababli o‘z bayrog‘ini o‘zgartirishi mumkin
16:25 / 07.05.2020