Jahon | 10:29 / 01.09.2017
11976
1 daqiqa o‘qiladi

Atlantika okeanidagi “Irma” dovuli kuchaymoqda

© SS0

Atlantika okeanida vujudga kelgan “Irma” dovuli kuchlilik bo‘yicha mumkin bo‘lgan besh darajadan uchinchisigacha kuchaydi. Bu haqda AQShning dovullardan ogohlantirish milliy markaziga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ayni vaqtda dovul okeanning sharqiy qismida, Afrikadagi Kabo-Verde orollaridan 1,1 ming km uzoqlikda joylashgan.

Ma'lum qilinishicha, “Irma” Karib orollari tomon yo‘nalmoqda. Taxmin qilinishicha, u orollarga keyingi hafta ichida yetib keladi.

Avvalroq Tinch okeanida dovulga aylanishi mumkin bo‘lgan “Lidiya” tropik shtormi vujudga kelgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid