Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul» «Barselona»ning Koutino haqidagi bayonotini yolg‘on deb atadi
«Liverpul» transferlar darichasining so‘nggi kunida «Barselona» bilan Filippe Koutino bo‘yicha muzokara o‘tkazilganini tasdiqlamadi.
«Liverpul»ning pozitsiyasi bunday, «Barselona» tarqatgan xabarlar – boshdan oyoq yolg‘on. Zarracha haqiqat yo‘q», – deya yozgan The Telegraph muxbiri Kris Baskomb.
«Liverpul»dagi manbalarga asoslangan bu ma'lumotni taniqli jurnalist Gilem Balage ham tasdiqladi.
«Liverpul» tomoni bildirishicha, klub bu yozda bir daqiqaga bo‘lsa ham Koutinoni sotish haqida o‘ylamagan va uning transferi bo‘yicha hech qaysi klub bilan muzokara o‘tkazmagan.
Qayd etilishicha, kataloniyaliklar avvalboshdan «qizillar»ning bu boradagi qat'iy pozitsiyasidan xabardor bo‘lishgan.
Bundan avvalroq «Barselona» ijrochi direktori Albert Soler «Liverpul» 1 sentabr kuni Koutino uchun 200 million yevro talab qilgani, shu tufayli ushbu futbolchini sotib olishning imkoni bo‘lmagani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025