Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada ham kuchli po‘rtana, halok bo‘lganlar bor
Meksikaning Quyi Kaliforniya shtatiga yopirilgan «Lidiya» tropik po‘rtanasi oqibatida kamida to‘rt kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Shamol tezligi soatiga 85 kilometrga yetgan.
Po‘rtana tufayli kuzatilgan kuchli yomg‘irlar sababli 1,4 ming aholi o‘z uyini tark etdi. Hozirgi paytda ular vaqtinchalik joylashtirish markazlarida qolmoqda.
Ta'kidlanishicha, taxminan 20 ming xorijiy sayyoh mushkul vaziyatda qolgan, sababi aviatashuvchilar mintaqaga reyslarning bekor etilishi haqida ma'lum qilishdi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp «Harvi» dovuli oqibatlarini bartaraf etishga 7,85 mlrd dollar so‘ragani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025