Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya 2017 yili Belorussiyaga 24 million tonna neft yetkazib beradi
Rossiya joriy yilda Belorussiyaga 24 million tonna qora oltin yetkazib beradi. Belarus tomoni uni qanday taqsimlashni o‘zi hal qiladi. RF bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich jurnalistlarga shu haqda ma'lum qildi.
"24 million tonna mavjud. Uning jadvalini oshkor qilmayman. Bu 24 mln tonnani zavodlar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha qanday taqsimlash — bu Belorus tomoni hal etadigan masala" — degan Dvorkovich. "Qisqasi 24 million yetkazib beriladi. Undan qanday foydalanish Belorussiya tomonining ishi" — deb qo‘shimcha qilgan bosh vazir o‘rinbosari.
"To‘g‘ri, uncha katta bo‘lmagan cheklanishlar bo‘lishi mumkin. Ammo, ular sezilarli bo‘lmaydi. Biz 24 million tonna uchun jadvalni tayyorlayapmiz" — degan Dvorkovich Rossiya shuncha miqdordagi neftni yil oxiriga qadar yetkazib berishga ulgurishi borasidagi savolga javob berar ekan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025