O‘zbekiston | 16:55 / 02.09.2017
6892
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga «Human Rights Watch» delegatsiyasi tashrif buyurdi

O‘zbekistonga «Human Rights Watch» xalqaro nohukumat tashkilotining delegatsiyasi tashrif buyurdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oliy sud, Bosh prokuratura, tashqi ishlar, ichki ishlar, adliya, bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, boshqa davlat va nodavlat tuzilmalarda uchrashuvlar o‘tkazish va mamlakat hududlarida bo‘lish rejalashtirilgan.

Human Rights Watch kabi tashkilotlar O‘zbekistonga qaytishi mumkin

Mavzuga oid