Fan-texnika | 14:14 / 04.09.2017
8392
2 daqiqa o‘qiladi

Mercedes-Benz BMW i3 raqibini namoyish etishga hozirlik ko‘rmoqda

Germaniyaning Daimler konserni yangi kontseptining tizerini e'lon qildi. Uning rasmiy taqdimoti kelasi hafta Frankfurt avtoko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tadi. 

Mashhur kompaniya motor-shouda EQ A prototipini namoyish etadi. Uning xususiyatlari hozircha sir saqlanmoqda. Suratdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, avtomobil dizayni o‘tgan yilgi Mercedes-Benz Generation EQ kontsept elektrokrossoveriga o‘xshb ketadi. Eslatib o‘tamiz, kompaniya EQ brendi ostiida elektromobillarini sotadi. 

Suratda: Mercedes-Benz Generation EQ 

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Frankfurt prototipi boshlang‘ich darajadagi ixcham xetchbek ko‘rinishidadir. EQ A kontsepti asosida ishlab chiqariluvchi seriyali avtomobil 2019 yili paydo bo‘lishi kutilmoqda. U BMW i3 ning asosiy raqobatchisi bo‘lishi taxmin qilinayapti. 

EQ ning yangi namunasi bitta elektrokomotor bilan ishlab chiqarilishi mumkin. Uning qimmat modeli esa ikki dvigatel bilan jihozlanishi ehtimol. 

Suratda: Mercedes-Benz Generation EQ 

Mercedes-Benz Generation EQ kross-kupesiga ham ikkita dvigatel o‘rnatilishi aytilgandi. Uning umumiy kuchi 408 ot kuchini tashkil etadi. Bir marta quvvatlangach, 500 kmga yaqin masofani ortda qoldiradi. 

Suratda: Mercedes-Benz Generation EQ 

Mavzuga oid