Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: kataloniyaliklarning aksariyati mustaqillik referendumi o‘tkazishni yoqlamoqda
Ispaniyaning Kataloniya hududi aholisining yarmidan ortig‘i muxtoriyatning mustaqilligi uchun referendum o‘tkazish tarafdori bo‘lib qolmoqda. Qirollikning markaziy hukumati buni noqonuniy deb hisoblamoqda. El Español internet-nashri uchun SocioMétrica xizmati tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijasi haqida ayni nashr sayti xabar qilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Kataloniya aholisidan so‘ralganlarning 55 foizi referendumni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ispaniyaning mazkur muxtor o‘lkasi hokimiyati 1 oktabr kuni shunda siyosiy ovoz berish jarayonini o‘tkaziishni rejalashtirgan. 39,8 foizi qarshi fikr bildirgan, yana 5,3 foizi bir to‘xtamga kelmagan.
Ispaniyaning o‘zida 15,4 foiz aholi referendumni o‘tkazish tarafdori bo‘lsa, 70,6 foiz aholi qarshi fikrda. 14 foiz fuqaro bu borada yakuniy fikrga kelganicha yo‘q.
Gazetaning yozishicha, Kataloniya jamoat fikrini o‘rganish markazi (Centre d’Estudis d’Opinión) tomonidan o‘tkazilgan boshqa bir ijtimoiy tadqiqotda muxtoriyat aholisining 71 foizi referendumni ma'qullashi oydinlashgan.

Mavzuga oid
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
18:05 / 21.05.2025
Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi
18:13 / 20.05.2025
Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
18:21 / 18.05.2025