Jamiyat | 16:39 / 05.09.2017
3685
1 daqiqa o‘qiladi

Lego daromadi 13 yil ichida birinchi bor tushib ketdi

Foto: Lego

O‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi Lego kompaniyasi daromadi 13 yilda ilk marta pasaygani tufayli o‘z biznesini «qayta yuklash» niyatida. Bu haqda kompaniya matbuot relizida aytiladi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2017 yilning yanvar-iyun oylarida kompaniya sof foydasi 3 foizga qisqarib, 544 mln dollarni tashkil etdi.

O‘z navbatida ko‘rsatilgan davr mobaynida daromad 5 foizga qisqarib, 2,38 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Daromadning kamayishi 2004 yildan beri ilk bora kuzatildi.

«Biz butun biznesimizni qayta yuklash tugmachasini bosmoqdamiz. Bu juda yirik va murakkab bo‘lmagan kompaniyani qurishimizni anglatadi, bu bizning biznes-modelni yengillashtirishga yordam beradi», - deya ma'lum qilishgan kompaniyadan.

Lego biznesi bilan bog‘liq o‘zgarishlar doirasida xodimlari sonini 8 foizga, 1,4 ming kishiga qisqartirish niyatida.

Joriy yilning iyunida internetda IShID jangarilari shakllaridan iborat soxta Lego sotilayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid